遇见数据集

BUXORO SHAHRIDAGI QABRISTON YERLARINING HUQUQIY-KADASTR VA INFRATUZILMAVIY HOLATINI GEOAXBOROT TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA KOMPLEKS BAHOLASH

收藏
Zenodo2026-09-11 更新2026-10-01 收录
官方服务:

资源简介:

Annotatsiya. Maqolada Buxoro shahri hududidagi qabriston yerlarining huquqiy-kadastr holati, yer maydonlari, chegaralarining muhandislik jihatdan jihozlanganligi va mavjud infratuzilmasi kompleks tahlil qilingan. Tadqiqotning empirik bazasini shaharning turli mahalla fuqarolar yig‘inlari hududida joylashgan 37 ta qabriston bo‘yicha to‘plangan dala va kadastr ma’lumotlari tashkil etdi. Tadqiqotda hujjatlarni qiyosiy tahlil qilish, geodezik o‘lchash, GIS tahlili, statistik guruhlash va ko‘p mezonli baholash tamoyillaridan foydalanildi. O‘rganilgan obyektlarning umumiy maydoni 86,26985 ga ni tashkil etdi. 23 ta qabristonda yer ajratish bo‘yicha hokim qarori mavjud, 14 ta obyekt bo‘yicha esa bunday hujjat qayd etilmagan. 21 ta obyektning kadastr hujjatlari mavjud bo‘lib, qolgan 16 ta obyekt bo‘yicha hujjatlar shakllantirilmagan yoki mavjud emas. 23 ta qabriston to‘liq devor bilan o‘ralgan, 25 tasida kirish darvozasi mavjud. Olingan natijalar asosida qabristonlarning huquqiy, kadastr, infratuzilmaviy, ekologik va fazoviy ko‘rsatkichlarini birlashtiruvchi parametrik elektron pasport hamda GIS asosidagi ko‘p mezonli monitoring tizimi taklif etildi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-09-11
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务