遇见数据集

"PERFEKSIONIZM VA XAVOTIR DARAJASI: PSIXOLOGIK TADQIQOT"

收藏
Zenodo2026-02-21 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqola perfeksionizm va shaxslarning xavotir darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni psixologik nuqtai nazardan o‘rganadi. Perfeksionizm shaxsning o‘zini va atrofdagilarni yuqori standartlarga moslashtirishga intilishi bilan tavsiflanadi va ko‘plab tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bu xususiyat xavotir darajasini oshiruvchi muhim psixologik omil hisoblanadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, yuqori darajadagi perfeksionizmga ega shaxslar ko‘pincha ijtimoiy va akademik vaziyatlarda yuqori xavotir darajasiga ega bo‘ladilar, bu esa ularning psixologik salomatligi va ijtimoiy faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada perfeksionizmning turli komponentlari (mukammallikka intilish, tanqidni qabul qilmaslik, ichki standartlarning yuqoriligi) bilan sub’ektiv xavotir darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlik ilmiy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari psixologik maslahat, stressni boshqarish va shaxslararo munosabatlarni yaxshilash bo‘yicha amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-02-21
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务