XIV–XV ASRLARDA XORAZMNING MINTAQALARARO SAVDO ALOQALARI VA TRANZIT MAVQEI
收藏资源简介:
Mazkur tadqiqotda XIV–XV asrlarda Xorazm vohasining Buyuk Ipak yo‘lining shimoliy yo‘nalishlari tizimidagi o‘rni yozma, arxeologik va numizmatik manbalar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda Xorazmning Jo‘ji ulusi va Oltin O‘rda bilan siyosiy-iqtisodiy aloqalari, Gurganj, Xiva, Mizdahqon kabi shaharlarning savdo va hunarmandchilik markazlari sifatidagi faoliyati, shuningdek, vohaning Amudaryoning quyi oqimi, Orolbo‘yi, Ustyurt va Dashti Qipchoq bilan bog‘lovchi savdo yo‘llaridagi mavqeyi yoritiladi. Shuningdek, XIV asr oxiri – XV asr boshlaridagi siyosiy-harbiy jarayonlarning Xorazmning tranzit va savdo aloqalariga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari Xorazmning mazkur davrda shimoliy savdo yo‘nalishlarini janubiy va sharqiy hududlar bilan bog‘lovchi muhim iqtisodiy-geografik bo‘g‘inlardan biri bo‘lganini ko‘rsatadi.



