6–9-SINFLARDA "TARBIYA" DARSLARINI INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TASHKIL ETISH
收藏资源简介:
Mazkur maqolada umumta’lim maktablarining 6–9-sinflarida “Tarbiya” fanini o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda interfaol metodlar, muammoli ta’lim, loyiha asosida o‘qitish, klaster, aqliy hujum, keys-stadi hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining tarbiyaviy jarayondagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, innovatsion metodlar orqali o‘quvchilarda ijtimoiy faollik, ma’naviy-axloqiy kompetensiyalar, tanqidiy va ijodiy fikrlashni shakllantirish imkoniyatlari ko‘rsatib beriladi. Maqolada o‘qituvchining metodik tayyorgarligi, dars jarayonini loyihalash hamda baholash mexanizmlariga alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqot natijalari “Tarbiya” darslarini samarali va zamonaviy tashkil etishda amaliy ahamiyat kasb etadi.



