遇见数据集

ICHAN QAL'A HUDUDIDAGI TURAR JOYLARDA ISHLATILGAN QURILISH ASHYOLARI VA ULARNI TAJRIBAVIY O'RGANISH

收藏
Zenodo2026-01-18 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada Ichan qal’a hududida joylashgan tarixiy turar joylarda qo‘llanilgan an’anaviy qurilish ashyolarining fizik-mexanik, issiqlik-texnik va ekologik xususiyatlari tajriba-sinov asosida tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida paxsa, xom g‘isht va loy qorishmalarning issiqlik o‘tkazuvchanligi, namlik singdirish darajasi hamda mikroiqlimni shakllantirishdagi roli zamonaviy beton materiallari bilan solishtirilgan. Olingan natijalar paxsa devorlarning yuqori issiqlik sig‘imi va energiya tejamkorlik xususiyatlariga ega ekanligini, xom g‘ishtning esa to‘g‘ri suvoq va konstruktiv himoya bilan uzoq muddatli ekspluatatsiyaga yaroqli ekanini ko‘rsatdi. Shuningdek, loy asosidagi qorishmalar devorlarning bug‘ o‘tkazuvchanligini ta’minlab, sog‘lom ichki mikroiqlimni shakllantirishda muhim omil ekani ilmiy jihatdan asoslandi. Tadqiqot natijalari tarixiy turar joylarni restavratsiya qilish jarayonida sement asosidagi materiallardan foydalanishni cheklash, mahalliy an’anaviy qurilish ashyolarini modernizatsiya qilgan holda qo‘llash va ilmiy asoslangan restavratsiya reglamentlarini ishlab chiqish zarurligini ko‘rsatadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-01-18
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务