遇见数据集

QANDLI DIABET: KELIB CHIQISH SABABLARI, RIVOJLANISH MEXANIZMLARI, KLINIK KECHISHI, ZAMONAVIY DIAGNOSTIKA VA DAVOLASH STRATEGIYALARI

收藏
Zenodo2026-02-14 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur ilmiy maqolada qandli diabet kasalligi global sog‘liqni saqlash tizimi uchun dolzarb muammo sifatida keng qamrovli va tizimli tarzda tahlil qilingan. Kasallikning kelib chiqish sabablari (etiologiyasi) hamda rivojlanish mexanizmlari (patogenezi) molekulyar, hujayraviy va fiziologik darajalarda yoritib berilgan. Qandli diabetning I va II turlariga xos bo‘lgan insulin yetishmovchiligi va insulin rezistentligi bilan bog‘liq patologik jarayonlar, shuningdek uglevod, lipid va oqsil almashinuvining buzilishi ilmiy asosda izohlangan.Maqolada qandli diabetning klinik kechishi, asosiy simptomlari va ularning patofiziologik mexanizmlari batafsil tahlil qilingan. Zamonaviy diagnostika usullari — och qoringa glyukoza darajasini aniqlash, glyukozaga tolerantlik testi, glikozillangan gemoglobin ko‘rsatkichlari hamda laborator va instrumental tekshiruvlarning ahamiyati keng yoritilgan.Shuningdek, qandli diabetning o‘tkir va surunkali asoratlari, ularning rivojlanish mexanizmlari hamda klinik oqibatlari chuqur ilmiy tahlil qilingan. Kasallikni davolashda qo‘llaniladigan zamonaviy yondashuvlar — insulinoterapiya, peroral glyukozani pasaytiruvchi preparatlar, parhez terapiyasi va hayot tarzini o‘zgartirishning muhim ahamiyati asoslab berilgan.Rezistentligi, metabolik buzilishlar, diabetik asoratlar, diagnostika, insulinoterapiya, profilaktika, glyukozani nazorat qilish.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-02-14
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务