BOLALARNI HIMOYA QILISH TIZIMINING ZAIF BO'G'INLARI: HUQUQIY KAFOLATLAR, INSTITUTLARARO UZILISHLAR VA PROFILAKTIKANING FORMALLASHUVI
收藏官方服务:
资源简介:
Mazkur maqolada O‘zbekistonda bolalarni himoya qilish tizimi huquqiy va institutsional jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy e’tibori bolalar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan normativ bazaning mavjudligiga qaramay, ushbu huquqlarning amaliyotda to‘liq ta’minlanmasligiga sabab bo‘layotgan tizimli muammolarga qaratilgan. Xususan, institutlararo koordinatsiyaning yetishmasligi, ijro mexanizmlarining fragmentatsiyasi hamda profilaktika faoliyatining ko‘pincha formal tusga ega bo‘lib qolayotgani tahlil qilinadi. Maqolada bolalarni himoya qilish tizimining reaktiv xarakterga ega ekani asoslanib, uni erta aniqlash va profilaktik yondashuvga o‘tkazish zarurati ilmiy jihatdan asoslab beriladi.
提供机构:
Zenodo创建时间:
2026-01-18



