遇见数据集

KASBIY VA OMMAVIY DISKURSDA GENDER VA TIL MUNOSABATLARI: O'ZBEK VA G'ARB JAMIYATLARI MISOLIDA

收藏
Zenodo2026-08-14 更新2026-08-20 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada kasbiy va ommaviy diskursda gender hamda til o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar o‘zbek va G‘arb jamiyatlari misolida qiyosiy-lingvistik jihatdan tahlil qilinadi. Genderning til birliklarini tanlash, muloqot strategiyalarini shakllantirish, nutqning pragmatik xususiyatlari va kommunikativ xulqqa ta’siri masalalari tadqiq etiladi. Kasbiy diskurs doirasida erkak va ayollarning nutqiy xususiyatlari, rahbarlik, ishbilarmonlik va professional muloqotdagi gender stereotiplari yoritiladi. Ommaviy diskursda esa gender obrazlarining ommaviy axborot vositalari, reklama va ijtimoiy kommunikatsiya orqali shakllanishi tahlil qilinadi. Tadqiqotda gender va til munosabatlarini izohlashda feministik lingvistika, sotsiolingvistika, diskurs tahlili va pragmalingvistika yondashuvlaridan foydalaniladi. Natijalar o‘zbek va G‘arb kommunikativ madaniyatlari o‘rtasidagi umumiy va farqli jihatlarni aniqlashga xizmat qiladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-08-14
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务