RAQAMLI KOMMUNIKATSIYANI O'RGANISHDA KORPUS LINGVISTIKASI: METODLAR, MUAMMOLAR VA QO'LLANILISH SOHALARI
收藏资源简介:
Mazkur ilmiy maqolada raqamli kommunikatsiya muhitini tahlil qilishda korpus lingvistikasining o‘rni va ahamiyati keng yoritiladi. Tadqiqot doirasida internet diskursi, ijtimoiy tarmoqlar, onlayn muloqot platformalari kabi zamonaviy kommunikativ maydonlarda til birliklarining qo‘llanishi korpus asosida o‘rganiladi. Maqolada korpus lingvistikasining asosiy metodlari, jumladan, frekvensiya tahlili, kollokatsiyalarni aniqlash, konkordanslar asosida izlanish olib borish usullari tavsiflanadi. Shuningdek, raqamli matnlarni yig‘ish, tozalash va annotatsiya qilish jarayonlarida yuzaga keladigan muammolar — ma’lumotlarning notekisligi, til aralashuvi, qisqartmalar va norasmiy birliklarning ko‘pligi kabi jihatlar muhokama qilinadi. Tadqiqot natijalari korpus lingvistikasi raqamli kommunikatsiyani tizimli va empirik asosda o‘rganishda samarali vosita ekanligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, ushbu yondashuv tilshunoslik, tarjima, diskurs tahlili hamda sun’iy intellekt sohalarida keng qo‘llanish imkoniyatiga ega ekanligi asoslab beriladi.



