遇见数据集

FARMATSEVTIKA VA KIMYO SANOATI CHIQINDILARI

收藏
Zenodo2026-04-27 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqola farmatsevtika va kimyo sanoatining atrof-muhitga ta'sirini hamda chiqindilarni boshqarishning ilmiy asoslarini tahlil etishga bag'lishgan. Dunyo miqyosida farmatsevtik ishlab chiqarish hajmining yillik o'rtacha 6,1% ga o'sib borishi (2019–2024) fonida sanoat chiqindilarining ekosistemaga ta'siri tobora keskin muammo sifatida namoyon bo'lmoqda. Tadqiqotda farmatsevtik va kimyoviy chiqindilarning asosiy turlari — effluent, qattiq sanoat chiqindilari, atmosfera emissiyalari va radioaktiv farmatsevtik qoldiqlar — tasniflanib, ularning gidrosfera, pedosfera va atmosferaga ta'siri ilmiy manbalar asosida ko'rib chiqiladi. Xususan, faol farmatsevtik ingredientlarning (API) suv ob'yektlarida bioakkumulyatsiyasi, antibiotikka chidamli mikroorganizmlar (AMR) ning ko'payishida sanoat chiqindilarining roli va tuproq mikrobiotasiga ta'siri tahlil etiladi. Chiqindilarni boshqarish usullari — ilg'or oksidlanish jarayonlari (AOPs), membrana bioreaktori texnologiyasi, yashil kimyo tamoyillari, plasma destruksiya va bioremediyatsiya — ularning samaradorligi, qo'llanilish doirasi va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi nuqtai nazaridan baholanadi. Maqolaning ilmiy yangiligi shundaki, ushbu yondashuvlar O'zbekiston sanoat sharoiti uchun birinchi marta kompleks tarzda tahlil etilgan va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-04-27
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务