遇见数据集

PROFESSIONAL TA'LIM TIZIMIDA TALABALARNING MEDIAKOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI

收藏
Zenodo2026-04-01 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada professional ta’lim tizimida talabalarning mediakompetentligini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Zamonaviy axborotlashgan jamiyatda media makonning kengayishi, raqamli kommunikatsiya vositalarining jadal rivojlanishi hamda turli axborot oqimlarining ko‘payishi talabalardan media bilan ongli, tanqidiy va maqsadli ishlash ko‘nikmalarini talab etmoqda. Shu nuqtai nazardan, mediakompetentlik professional ta’lim oluvchilarning muhim kasbiy va shaxsiy sifatlaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Maqolada mediakompetentlik tushunchasining mazmun-mohiyati, uning tarkibiy komponentlari, professional ta’limdagi o‘rni hamda uni rivojlantirishga ta’sir etuvchi asosiy pedagogik omillar yoritilgan. Shuningdek, raqamli ta’lim muhiti, o‘qituvchining media madaniyati, interaktiv metodlar, media mahsulotlar bilan ishlash, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, axborot xavfsizligi va mustaqil ta’lim faoliyatining talaba mediakompetentligini shakllantirishdagi ahamiyati asoslab beriladi. Tadqiqot natijasida professional ta’lim jarayonida mediakompetentlikni rivojlantirish samaradorligi maqsadli tashkil etilgan pedagogik shart-sharoitlarga bevosita bog‘liq ekani xulosa qilinadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-04-01
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务