O'ZBEK SIYOSIY DISKURSIDA "SALOMATLIK" VA "KURASH" METAFORALARINING EMOTSIONAL VA PRAGMATIK XUSUSIYATLARI
收藏资源简介:
Ushbu ilmiy maqola o‘zbek siyosiy diskursida qo‘llaniladigan “salomatlik” va “kurash” metafora modellarining emotsional va pragmatik xususiyatlarini tizimli tahlil qilishga bag‘ishlangan. “Salomatlik” metafora modelida korrupsiya, byurokratizm va boshqa ijtimoiy muammolar kasallik, ularga qarshi kurash esa davolash jarayoni sifatida konseptuallashtiriladi. “Kurash” metafora modelida esa muammolar va xavflar dushman sifatida tasvirlanadi. Maqolada ushbu ikki metafora modelining konseptual tuzilishi, lingvistik ifoda vositalari, uyg‘otadigan asosiy hissiyotlar (jiddiylik, tashvish, murosasizlik, qat’iyat, safarbarlik, g‘azab, vatanparvarlik) va ularning auditoriyaga pragmatik ta’sir mexanizmlari nazariy jihatdan ochib beriladi. Shuningdek, “salomatlik” va “kurash” metaforalarining o‘zaro bog‘liqligi, ularning boshqa metafora modellari (“yo‘l”, “uy”, “bahor”) bilan nisbatan kam qo‘llanilishi sabablari va ularning o‘zbek siyosiy nutqidagi o‘rni tahlil qilinadi.



