KOMBINATSION MASHQLAR ORQALI GANDBOLCHILARNI TEXNIK HARAKATLARINI TAKOMILLASHTIRISH YO'LLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada kombinatsion mashqlar yordamida gandbolchilarning texnik harakatlarini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda sportchilarning to‘pni uzatish, qabul qilish, olib yurish va darvozaga otish kabi asosiy texnik harakatlarini rivojlantirishda kombinatsion mashqlarning ahamiyati tahlil qilingan. Pedagogik tajriba natijalari kombinatsion mashqlarning texnik harakatlarni bajarish aniqligi, tezkorligi va barqarorligini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini tasdiqladi. Shuningdek, mazkur mashqlar sportchilarning koordinatsion qobiliyatlari, tezkor fikrlashi va o‘yin vaziyatlariga moslashuvchanligini rivojlantirishga xizmat qilishi asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari gandbolchilarning texnik tayyorgarligini takomillashtirishda kombinatsion mashqlardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish imkonini berdi.



