遇见数据集

2-TUR QANDLI DIABET BILAN KASALLANGAN BEMORLARDA SGLT2 INGIBITORLARI VA METFORMIN KOMBINATSIYASI BILAN DAVOLASHNING SAMARADORLIGI

收藏
Zenodo2026-05-20 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada 2-tur qandli diabet bilan kasallangan bemorlarda natriy-glyukoza kotransportyor-2 (SGLT2) ingibitorlari hamda metformin kombinatsiyasining klinik samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida ushbu kombinatsiyaning glikemik nazoratga, glikirlangan gemoglobin (HbA1c) darajasiga, tana vazniga, arterial qon bosimiga, yurak-qon tomir xavfiga hamda buyrak faoliyatiga ta’siri ilmiy manbalar asosida o‘rganildi. SGLT2 ingibitorlari va metformin kombinatsiyasi insulin rezistentligini kamaytirishi, glyukozaning siydik orqali chiqarilishini kuchaytirishi hamda gipoglikemiya xavfini minimal darajada ushlab turishi aniqlangan. Tadqiqot natijalari ushbu kombinatsiyaning yurak-qon tomir asoratlari va surunkali buyrak kasalligi xavfini kamaytirishda samarali ekanligini ko‘rsatadi. Zamonaviy xalqaro tavsiyalar ushbu kombinatsiyani 2-tur diabetni davolashning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida tavsiya etmoqda.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-20
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务