BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARINING IJODIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI: ONA TILI VA O'QISH SAVODXONLIGI MISOLIDA
收藏资源简介:
Mazkur tezisda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy kompetensiyalarini rivojlantirishning metodik asoslari ona tili va o‘qish savodxonligi fanlari misolida yoritiladi. Ijodiy kompetensiya o‘qituvchining mavjud pedagogik vaziyatlarni tahlil qilish, nostandart metodik yechimlarni ishlab chiqish, o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi va ijodiy faolligini rag‘batlantirish qobiliyatlari bilan bog‘liq holda talqin qilinadi. Zamonaviy tadqiqotlarda ijodiy fikrlash amaliyot orqali rivojlantirilishi mumkin bo‘lgan kompetensiya sifatida qaraladi [1]. Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida muammoli vaziyat, ochiq topshiriq, matnni ijodiy qayta ishlash, hikoya tuzish, savol yaratish, rolli mashqlar va refleksiv topshiriqlardan foydalanish o‘qituvchining metodik ijodkorligini namoyon etish imkonini beradi. Tezisda o‘qituvchining ijodiy kompetensiyasini rivojlantirishning mazmuniy, metodik va refleksiv komponentlari asoslanadi.



