GLOBAL AXBOROT MUHITIDA PEDAGOGIK INNOVATSIYALARNI TA'LIM JARAYONIGA TATBIQ ETISHDA O'QITUVCHINING KASBIY KOMPETENSIYASINING O'RNI VA AHAMIYATI.
收藏资源简介:
Mazkur maqolada global axborot muhitining jadal rivojlanishi sharoitida ta’lim jarayoniga pedagogik innovatsiyalarni samarali tatbiq etishda o‘qituvchining kasbiy kompetensiyasining o‘rni va ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan yoritilgan. Bugungi kunda ta’lim tizimi raqamli texnologiyalar, axborot-kommunikatsiya vositalari hamda innovatsion pedagogik yondashuvlar bilan integratsiyalashib, sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Shu jarayonda o‘qituvchining kasbiy kompetensiyasi ta’lim jarayonining samaradorligini belgilovchi asosiy omillardan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Maqolada kasbiy kompetensiya tushunchasi o‘qituvchining pedagogik bilimlari, metodik mahorati, shaxsiy sifatlari hamda zamonaviy ta’lim texnologiyalarini qo‘llash qobiliyatini o‘z ichiga oluvchi kompleks tizim sifatida talqin etiladi. Shu bilan birga, pedagogik innovatsiyalarni joriy etishda o‘qituvchining fasilitator, yo‘naltiruvchi va innovator sifatidagi roli alohida yoritiladi. O‘qituvchining uzluksiz kasbiy rivojlanishi va zamonaviy ta’lim tendensiyalariga moslashuvchanligi ham maqolaning asosiy ilmiy masalalaridan biri hisoblanadi.



