MADANIY MEROS OBYEKTLARI NEGIZIDA MAHALLIY TURIZM XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISHNING BANDLIKKA TA'SIRINI BAHOLASH
收藏资源简介:
Annotatsiya. Mazkur tezisda madaniy meros obyektlari negizida mahalliy turizm xizmatlarini rivojlantirishning hududiy bandlikka ta’siri ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda madaniy meros obyektining iqtisodiy qiymati faqat tashrif buyuruvchilar soni yoki turistik daromad bilan emas, balki uning atrofida shakllanadigan mahalliy xizmatlar, yangi ish o‘rinlari, o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlari va aholining daromad manbalari diversifikatsiyasi orqali baholanishi asoslanadi. O‘zbekistonda turizm tarmoqlarida bandlik ko‘rsatkichlari dinamikasi tahlil qilinib, madaniy xizmatlar, joylashtirish, umumiy ovqatlanish va turistik vositachilik xizmatlarining mehnat bozoridagi o‘rni ochib beriladi. Shuningdek, madaniy meros obyektlari negizida mahalliy turizm xizmatlari rivojlanishining bevosita, bilvosita va induksiyalangan bandlik samaralarini baholash mezonlari taklif etiladi. Tadqiqot natijasida bandlik samaradorligini oshirish uchun xizmatlar diversifikatsiyasi, mahalliy tadbirkorlikni jalb etish, malakali kadrlar tayyorlash va turistik xarajatlarning hudud iqtisodiyotida qolishini ta’minlash muhimligi asoslangan.



