BO'LAJAK PEDAGOGLARNI RAQAMLI TA'LIM MUHITIDA KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASHNING ILMIY-METODIK ASOSLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada bo‘lajak pedagoglarni raqamli ta'lim muhitida kasbiy faoliyatga tayyorlashning ilmiy-metodik asoslari tahlil qilingan. Zamonaviy ta'lim tizimining raqamli transformatsiyasi sharoitida pedagoglardan nafaqat fan bo‘yicha chuqur bilim, balki axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, raqamli ta'lim resurslarini yaratish, sun'iy intellekt elementlaridan foydalanish hamda masofaviy va aralash ta'limni tashkil etish kompetensiyalariga ega bo‘lish talab etilmoqda. Tadqiqot davomida ilmiy adabiyotlarni qiyosiy tahlil qilish, normativ-huquqiy hujjatlarni o‘rganish, tizimli va kompetensiyaviy yondashuvlardan foydalanildi. Raqamli ta'lim muhitida bo‘lajak pedagoglarning kasbiy tayyorgarligini shakllantirishga ta'sir etuvchi omillar aniqlandi hamda ularni rivojlantirishning ilmiy-metodik modeli tavsiya etildi. Shuningdek, pedagoglarni tayyorlash jarayonida raqamli didaktika tamoyillarini joriy etish, elektron ta'lim platformalari imkoniyatlaridan kompleks foydalanish va refleksiv faoliyatni rivojlantirishning ahamiyati asoslab berildi. Tadqiqot natijalari oliy ta'lim muassasalarida pedagog kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, ta'lim jarayonini raqamlashtirish va kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.



