IQTISODIYOT YO'NALISHI TALABALARI «FISCAL POLICY» TUSHUNCHASINI INGLIZ TILIDA O'RGATISH XUSUSIYATLARI (CLIL METODIKASI ASOSIDA)
收藏资源简介:
Maqolada «Fiscal Policy» mavzusini o‘qitishda til va fan integratsiyasi orqali talabalar nafaqat «taxation», «public spending», «budget deficit» kabi terminlarni yod olish, balki ularni iqtisodiy kontekstda tahlil qilish, sabab-oqibat munosabatlarini aniqlash va davlat siyosatining iqtisodiy ta’sirini baholash ko‘nikmalarini egallashi ta’kidlangan. Tadqiqot natijalari CLIL metodikasidan foydalanish talabalarning ingliz tilida iqtisodiy fikr bildirish, bahs-munozara olib borish, global iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish qobiliyatini sezilarli darajada oshirganini ko‘rsatadi. Shuningdek, turli davlatlarning fiskal siyosatini taqqoslash orqali talabalarda xalqaro iqtisodiy tafakkur va madaniyatlararo kommunikatsiya kompetensiyasi shakllanadi. CLIL metodikasi «Fiscal Policy» kabi mavzularni o‘qitishda tilni o‘rganish vositasidan tashqari, iqtisodiy tafakkurni rivojlantirish va xalqaro darajada raqobatbardosh mutaxassis tayyorlashning muhim pedagogik strategiyasi sifatida namoyon bo‘ladi.



