O'ZBEK TILIDA REKLAMA TILI MUAMMOLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada o‘zbek tilidagi reklama matnlarida uchrayotgan lingvistik muammolar holati ilmiy-analitik yondashuv asosida tahlil qilingan. Reklama tilidagi leksik, grammatik, stilistik va semantik kamchiliklar real misollar orqali yoritilib, ularning sabab va oqibatlari o‘rganiladi. Xususan, reklamalarda xorijiy so‘zlarning noo‘rin qo‘llanishi, adabiy til me’yorlarining buzilishi, uslubiy nomuvofiqliklar hamda ma’no noaniqliklari kabi muammolar tahlil qilinadi. Globalizatsiya ta’sirida reklama tiliga kirib kelayotgan begona unsurlar milliy til mavqeiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ko‘rsatiladi. Muammo yechimi sifatida ilmiy asoslangan takliflar ilgari surilib, reklama tilida o‘zbek adabiy me’yorlarini mustahkamlash bo‘yicha xulosalar beriladi.



