PUL BOZORIDA MUVOZANAT
收藏资源简介:
Mazkur maqolada pul bozorida muvozanat tushunchasining nazariy va amaliy jihatlari kompleks ravishda tahlil qilinadi. Xususan, pulga bo‘lgan talab va taklif o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, ularning makroiqtisodiy barqarorlikka ta’siri hamda muvozanatni shakllantiruvchi asosiy omillar yoritiladi. Shuningdek, foiz stavkalari, inflyatsiya darajasi va markaziy bank siyosatining pul bozori muvozanatiga ta’siri ilmiy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida iqtisodiy modellashtirish, taqqoslash va tahliliy yondashuvlardan foydalanilib, pul bozoridagi muvozanatni ta’minlash mexanizmlariga oid xulosalar ishlab chiqiladi. Maqola natijalari pul-kredit siyosatini samarali yuritish hamda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.



