INGLIZ VA OʻZBEK TILLARIDA MANTIQIY SAVOLLARNING TASNIFI (intellektual oʻyin diskursi materiallari asosida)
收藏资源简介:
Tadqiqotning maqsadi — oʻzbek tilshunosligida koʻp ma'noli qoʻllanayotgan «mantiqiy savol» atamasiga operatsional ta'rif berish va shu asosda ingliz hamda oʻzbek tillaridagi mantiqiy savollarning qiyosiy tasnifini ishlab chiqishdan iborat. Material sifatida ikki tildagi intellektual oʻyin savollari korpusi olindi; savollarni tanlashda uch bosqichli operatsional filtr qoʻllanildi. Tahlil savolning uch qatlamli — mantiqiy-erotetik, lisoniy-grammatik va nutqiy-kommunikativ — modeli asosida olib borildi. Natijada mantiqiy savolni tavsiflashning besh parametrli tasnifi taklif etildi; Abu Nasr Forobiy ajratgan soʻroq adotlari tizimi ikki tildagi soʻroq vositalari bilan solishtirildi; talab etiluvchi mantiqiy amalga koʻra beshta savol turi ajratildi. Ikki til soʻroq sohasida qarama-qarshi tipologik strategiyalarni namoyon qilishi — ingliz tilida soʻroq markeri va izlanayotgan noma'lum gap boshida, oʻzbek tilida esa gap oxirida joylashishi — aniqlandi. Muhokamada bu farqning savol tuzish texnikasi va savol tarjimasi uchun oqibatlari koʻrsatib berildi.



