遇见数据集

INTERNET DISKURSIDA SHAXSIY IDENTIKLIKNI SHAKLLANTIRUVCHI SOTSIOLINGVISTIK OMILLAR

收藏
Zenodo2026-08-09 更新2026-08-13 收录
官方服务:

资源简介:

Annotatsiya. Mazkur tezisda internet diskursida shaxsiy identiklikni shakllantiruvchi sotsiolingvistik omillar tahlil qilinadi. Raqamli kommunikatsiya sharoitida shaxsiy identiklik barqaror va o‘zgarmas hodisa sifatida emas, balki foydalanuvchining til tanlovi, ijtimoiy muhit, kommunikativ vaziyat va auditoriya bilan munosabati asosida shakllanadigan dinamik jarayon sifatida namoyon bo‘ladi. Tadqiqotda til va kod tanlovi, ijtimoiy guruhga mansublik, auditoriyaga moslashuv, yosh, gender, kasbiy va hududiy mansublik, uslubiy variativlik hamda onlayn hamjamiyat me’yorlari shaxsiy identiklikni shakllantiruvchi asosiy sotsiolingvistik omillar sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, internet foydalanuvchilarining profil nomlari va biografik tavsiflarida mazkur omillarning lisoniy vositalar orqali namoyon bo‘lish xususiyatlari yoritiladi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, internet diskursida shaxsning o‘zini taqdim etishi individual xususiyatlargagina emas, balki ijtimoiy guruh, auditoriya, madaniy muhit va kommunikativ maqsad bilan bog‘liq bo‘lib, identiklik turli sotsiolingvistik omillarning o‘zaro ta’siri natijasida shakllanadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-08-09
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务