遇见数据集

IJTIMOIY TARMOQLAR TA'SIRIDA SHAKLLANAYOTGAN NEOLOGIZMLAR VA ULARNING SEMANTIK EVOLYUTSIYASI

收藏
Zenodo2026-07-31 更新2026-08-01 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqolada ijtimoiy tarmoqlar ta’sirida shakllanayotgan neologizmlarning leksik-semantik tabiati va ularning ma’no taraqqiyoti tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi raqamli kommunikatsiya muhitida paydo bo‘layotgan yangi so‘zlar, yangi birikmalar va mavjud so‘zlarning yangi ma’nolarini aniqlash, ularni semantik evolyutsiya yo‘nalishlari bo‘yicha tasniflashdan iborat. Ishda tavsifiy, kontekstual, komponent, qiyosiy va leksik-semantik tahlil metodlaridan foydalanildi. Material sifatida ijtimoiy tarmoq diskursida keng uchraydigan layk, repost, storis, viral, trend, xeshteg, krinj, vayb, bloger, kontent, brain rot, rage bait, slop kabi birliklar hamda ularning o‘zbek tilidagi moslashgan shakllari kuzatildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, ijtimoiy tarmoqlar neologizmlari faqat yangi predmet yoki hodisani nomlash bilan cheklanmaydi; ular baholash, emotsional munosabat, guruhga mansublik va algoritmik ko‘rinuvchanlik kabi pragmatik ma’nolarni ham shakllantiradi. Xulosa sifatida, raqamli neologizmlar o‘zbek tili lug‘at tarkibining dinamik qatlamini boyitayotgani, biroq ularni me’yoriy, uslubiy va ta’limiy jihatdan izchil o‘rganish zarurligi asoslanadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-07-31
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务