AMIR TEMUR DAVLATIDA MASLAHAT VA KENGASHLAR SIYOSATI
收藏Zenodo2026-05-11 更新2026-05-26 收录
下载链接:
https://zenodo.org/doi/10.5281/zenodo.20129110
下载链接
链接失效反馈官方服务:
资源简介:
Sohibqiron Amir Temur o‘zining siyosiy qarashlarini, hayotining muhim fasllari haqida so‘z yuritar ekan, butun tafsilotlarni qisqa va aniq ravishda hikoya qiladi. Shu bois buyuk hukmdorning konsepsiyalaridan tashkil topgan bebaho asar – “Tuzuklar” dunyo yuzini ko‘rdi. Ma’lumki, “Temur tuzuklari” ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qism hukmdor hayotining muhim voqealarini, ya’ni, yurt ozodligi yo‘lida olib borgan kurashlari, davlat qurish, saltanat ustunlarini mustahkamlash va bu borada amalga oshirgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy islohatlari xususida so‘z boradi. Ikkinchi qismda esa davlatchilikning asoslari, qonun-qoidalari, qo‘shin tuzish, uni saqlash va harakatlantirish, taktikalar va strategiyalar, tadbirlar mohirona tavsif etiladi. Shuningdek, qo‘shinni moliyalashtirish kabi hamma zamonlar uchun bo‘lgan zarur tuzuklar – qonun-qoidalarni bayon qiladi. Bir so‘z bilan aytganda, davlatchilik ta’limotining Amir Temurga xos bo‘lgan qirralari yuksak tafakkur bilan hikoya qilinadi-ki, bu – jahongirning boshidan o‘tkazgan, hayotining eng chigal, eng shiddatli onlari ko‘z oldimizda gavdalanadi.
提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-11



