ZAMONAVIY TURAR JOY BINOSINING MAKETINI TAYYORLASH METODIKASI
收藏资源简介:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma`naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”. Shu munosabat bilan respublikamiz ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlarning mohiyati ta’lim tizimining barcha sohalari va jarayonlarini kompyuterlashtirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish, uning ilmiy–nazariy asoslarini takomillashtirish va amaliy yo‘nalishlarini kuchaytirishni taqozo etadi. Bunga kunda mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin jadal taraqqiy ettirilgan avtomobilsozlik, tog‘–kon, neft–gaz, kimyo va engil sanoat korxonalarining ishga tushirilayotganligi, eng ilg‘or texnologiyalarning jadal sur’atlar bilan kirib kelayotganligi muhim asoslarni yaratmoqda.



