遇见数据集

"FAUST I" ASARIDA FAUST VA MEFISTOFEL O'RTASIDAGI KELISHUV VA UNING FALSAFIY AHAMIYATI

收藏
Zenodo2026-05-21 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada Iogann Volfgang fon Gyotening “Faust I” asaridagi Faust va Mefistofel o‘rtasidagi kelishuvning falsafiy mohiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda ushbu pakt insonning cheksiz bilishga intilishi, ruhiy izlanishlari hamda axloqiy tanlovlari bilan bog‘liq holda yoritiladi. Faust obrazi orqali insonning bilimga chanqoqligi, hayot mazmunini izlash jarayoni ochib berilsa, Mefistofel timsolida inkor, shubha va yovuzlik kuchlari ifodalanadi. Maqolada paktning mohiyati nafaqat syujet elementi, balki insoniyatning abadiy ichki kurashini aks ettiruvchi falsafiy ramz sifatida talqin qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ushbu kelishuv insonning erkinligi, javobgarligi va ma’naviy tanlovi masalalarini chuqur yoritishga xizmat qiladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-21
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务