OSIYO-AMERIKA VA OSIYO-YEVROPA DIASPORASI ADABIYOTINING TEMATIK XUSUSIYATLARI (XOLID HUSAYNIY VA MALALA YUSUFZOY ASARLARI ASOSIDA)
收藏资源简介:
Ushbu maqolada Osiyo-Amerika va Osiyo-Yevropa diaspora adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlari hamda unda ustuvor ahamiyat kasb etuvchi mavzular qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda diaspora, muhojir, immigrant va ekspatriant adabiyoti kabi tushunchalarning mazmun-mohiyati yoritilib, diaspora adabiyotining ekspatriant adabiyotidan farqli jihatlari ochib beriladi. Xususan, diaspora adabiyotida yozuvchining tug‘ilib o‘sgan vatani va istiqomat qilayotgan mezbon makoniga nisbatan ikki tomonlama mansublik, sadoqat, sog‘inch va minnatdorlik tuyg‘ularining badiiy ifodasi yetakchi o‘rin egallashi ta’kidlanadi. Shuningdek, Osiyo-Amerika va Osiyo-Yevropa diaspora adabiyotida ustuvor mavzular sifatida vatanni xotirlash, vatandagi notinchlik va mojarolar haqida qayg‘urish, vatandan ixtiyoriy yoki majburiy chiqish, qaytish umidi, mezbon makondagi ijtimoiy-madaniy tafovutlar bilan bog‘liq muammolar hamda milliy madaniyatga sodiqlik va yangi muhitga moslashuv masalalari alohida ko‘rsatib beriladi.



