O'TKIR RESPIRATOR INFEKSIYALAR VA HOMILADORLIK, GEMOSTAZ TIZIMIGA TA'SIRI (ADABIYOT TAHLILII)
收藏资源简介:
2019-yil oxirida Xitoyning Xubey provinsiyasidagi Uxan shahrida yangi turdagi koronavirus aniqlanib, u pnevmoniya holatlarining jadal sur’atlarda yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi [13]. Virus tez tarqalib, dastlab Xitoyda, so‘ngra butun dunyo bo‘ylab epidemiya avj olishiga olib keldi. 2020-yil fevral oyida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bu kasallikni COVID-19 deb atadi. COVID-19 yoki og’ir darajali o’tkir respirator sindromga sabab bo‘luvchi virus SARS-CoV-2 nomi bilan yuritiladi [15, 29]. Ushbu virus bilan kasallanish natijasida homilador ayollarda og‘ir pnevmoniya rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lib, ularning 22–30% reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limlariga yotqiziladi. 15–26% holatlarda respirator distress sindromi rivojlanishi mumkin. Kasalxonaga yotqizilgan homilador ayollar orasida o‘lim holati 4–15% ni tashkil etishi mumkin. Olingan ma’lumotlarga qaraganda o’lim holatining umumiy koeffisienti 1% ni tashkil etdi



