DENTAL IMPLANTATSIYADAN KEYIN PERI-IMPLANT YUMSHOQ VA QATTIQ TO'QIMALARDA PATOLOGIK O'ZGARISHLARNI KLINIK VA RADIOLOGIK PREDIKTORLAR ASOSIDA INDIVIDUAL PROGNOZLASH
收藏资源简介:
Ushbu tezisda dental implantatsiyadan keyin peri-implant yumshoq va qattiq to‘qimalarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan patologik o‘zgarishlarni erta aniqlash hamda individual prognozlash masalalari yoritilgan. Peri-implant mukozit va peri-implantitning rivojlanishida bemorga, implantatsiya qilinadigan sohaga, jarrohlik va ortopedik bosqichlarga hamda keyingi parvarishga bog‘liq omillar muhim ahamiyatga ega. Klinik prediktorlar sifatida zondlashda qonash, zondlash chuqurligi, yiring ajralishi, shilliq qavat fenotipi, keratinizatsiyalangan to‘qima miqdori, implantning klinik barqarorligi va og‘iz gigiyenasi holati; radiologik prediktorlar sifatida esa marginal suyak darajasi, suyak rezorbsiyasi dinamikasi, implantning uch o‘lchamli joylashuvi va suyak anatomiyasi ko‘rsatkichlari baholanadi. Zamonaviy konsensus hujjatlarida individual xavfni baholash bemor va implantatsiya sohasi darajasidagi omillarni birgalikda hisobga olishga asoslanishi ta’kidlangan (1,2).



