遇见数据集

GLOBALLASHUV DAVRIDA MADANIYATLARARO KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISHDA TA'LIM VOSITALARINING ROLI

收藏
Zenodo2026-02-05 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu tezisda globallashuv jarayonida madaniyatlararo muloqotni shakllantirishda ta’lim vositalarining o‘rni yillar kesimida qiyosiy tahlil asosida yoritiladi. Tadqiqot doirasida turli tarixiy bosqichlarda qo‘llanilgan an’anaviy hamda zamonaviy ta’lim vositalarining madaniyatlararo muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi samaradorligi solishtirib o‘rganiladi. Tahlil natijalariga ko‘ra, avvalgi davrlarda madaniyatlararo muloqot asosan nazariy bilimlar va cheklangan axborot manbalari orqali shakllangan bo‘lsa, hozirgi kunda raqamli texnologiyalar, multimedia vositalari hamda onlayn muloqot platformalari ushbu jarayonning faollashuviga xizmat qilayotgani aniqlanadi. Tadqiqot natijalari ta’lim vositalarining evolyutsiyasi madaniyatlararo muloqot kompetensiyalarining mazmuni, shakli va sifatiga bevosita ta’sir ko‘rsatishini asoslaydi hamda ta’lim jarayonida ushbu vositalardan samarali foydalanish orqali madaniyatlararo kompetensiyalarni tizimli rivojlantirish imkoniyatlarini ilmiy-nazariy jihatdan ochib beradi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-02-05
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务