遇见数据集

PEDAGOGIKA DARSLARIDA EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA EKSKURSIYA VA SAYOHAT DARSLARINI TASHKIL ETISH TEXNALOGIYALARI

收藏
Zenodo2026-01-30 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada pedagogika darslarida ekologik madaniyatni shakllantirish jarayonida ekskursiya va sayohat darslarini texnologik asosda tashkil etish masalalari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tadqiq etilgan. Tadqiqotda ekologik madaniyat shaxsning bilim, qadriyat va ekologik xulq-atvorining integratsiyalashgan tizimi sifatida talqin qilinib, uni rivojlantirishda faoliyatga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarining pedagogik imkoniyatlari asoslab berilgan. Ekskursiya va sayohat darslarini rejalashtirish, amalga oshirish va tahlil qilish bosqichlarining uzviyligi ekologik bilimlarni real hayotiy vaziyatlar bilan bog‘lash, talabalarda ekologik mas’uliyat va barqaror fikrlashni shakllantirishga xizmat qilishi aniqlangan. Tajriba-sinov ishlari natijalari mazkur yondashuvning an’anaviy ta’lim shakllariga nisbatan yuqori samaradorlikka ega ekanligini ko‘rsatib, ekologik ta’limni modernizatsiya qilishda ekskursiya va sayohat darslarining muhim ahamiyatini tasdiqlaydi. Maqola natijalari pedagogik amaliyotda ekologik ta’limni takomillashtirish, o‘quv jarayonini faol va amaliy yo‘naltirilgan holda tashkil etishda nazariy-metodik asos bo‘lib xizmat qiladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-01-30
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务