遇见数据集

TASVIRIY SAN'AT DARSLARIDA MANZARA ISHLASH ORQALI O'QUVCHILARNING ESTETIK TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH

收藏
Zenodo2026-04-07 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada tasviriy san’at darslarida manzara (peyzaj) ishlash orqali o‘quvchilarning estetik tafakkurini rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlari keng yoritiladi. Bugungi zamonaviy ta’lim tizimida o‘quvchilarning nafaqat bilim darajasini oshirish, balki ularning badiiy didini shakllantirish, tabiatni anglash, go‘zallikni his etish va ijodiy tafakkurini rivojlantirish muhim vazifa sifatida qaralmoqda. Shu nuqtai nazardan, manzara janri o‘quvchilarning estetik tarbiyasida samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi. Maqolada manzara ishlash jarayonida rang, yorug‘lik va soya, perspektiva, kompozitsiya kabi badiiy vositalarning o‘rni ilmiy asosda tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘quvchilarning kuzatuvchanligini oshirish, tabiatni real va badiiy idrok etish qobiliyatini rivojlantirish, ularning ijodiy fikrlashini faollashtirishda manzara ishlashning metodik imkoniyatlari ochib beriladi. Ochiq havoda (plein air) ishlash, vizual kuzatuv, amaliy mashg‘ulotlar va interaktiv metodlardan foydalanish o‘quvchilarning estetik tafakkurini shakllantirishda muhim omil ekanligi asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, tasviriy san’at darslarida manzara ishlash o‘quvchilarda estetik ong, badiiy tafakkur, rangni his etish, fazoviy tasavvur va ijodiy yondashuvni rivojlantiradi. Mazkur yondashuv o‘quvchilarning san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni mustaqil ijodiy faoliyatga jalb etish va estetik tarbiyani samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-04-07
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务