TASVIRIY SAN'ATDA SIMVOL VA METAFONLARNING PSIXOLOGIK TALQINI
收藏资源简介:
Ushbu tezis tasviriy san’atda simvol va metaforalarning psixologik talqinini chuqur o‘rganishga bag‘ishlangan. Unda san’at asarlarida qo‘llaniladigan ramziy va majoziy ifodalarning inson psixikasiga ta’siri, ularning hissiy va kognitiv jarayonlarni qanday shakllantirishi tahlil qilinadi. Tezda simvol va metafora tushunchalari, ularning san’atdagi o‘rni, shuningdek, Karl Yungning arxetiplar nazariyasi, Zigmund Freydning psixoanalitik yondashuvi hamda kognitiv psixologiyaning vizual metaforalarni idrok etishga oid qarashlari atroflicha ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda tanlangan san’at asarlari misolida simvol va metaforalarning psixologik ma’nolari ochib berilib, ularning tomoshabin ongida qanday rezonans uyg‘otishi ilmiy asosda tushuntiriladi. Ushbu tezis san’atshunoslik, psixologiya va semiotika fanlari chorrahasida turib, tasviriy san’atning chuqur psixologik qatlamlarini ochishga xizmat qiladi.



