NUTQIY RIVOJLANISHIDA SUSTLASHUV KUZATILGAN BOLALARDA LOGOPEDIK TA'SIR TEXNOLOGIYALARI
收藏资源简介:
Bolalarda nutqiy rivojlanishda sustlashuvning kuzatilishi hozirda dolzarb masalalardan biridir. Nutqiy rivojlanishning sustlashuvi bo‘lgan bolalarda fonetik-fonematik tizim, lug‘at boyligi, grammatik tuzilma va bog‘lanishli nutqning shakllanishida turli darajadagi cheklanishlar kuzatiladi. Bu holat erta tashxis, tizimli va ilmiy asoslangan logopedik ta’sir texnologiyalarini joriy etishni talab qiladi. Bugungi kunda logopedik amaliyotda an’anaviy metodlar bilan birga multimodal ta’sir, AKT (axborot-kommunikatsiya texnologiyalari), sensor-integratsion terapiya, logoritmika, neyropsixologik yondashuv kabi innovatsion usullar keng qo‘llanilmoqda. Ushbu maqolada nutqiy rivojlanishida sustlashuv kuzatilgan bolalar bilan olib boriladigan logopedik ta’sir texnologiyalari, ularning mazmuni va amaliy qo‘llanish mexanizmlari ko’rib chiqiladi.



