OZIQ OVQAT HAVFSIZLIGINI TA`MINLASHDA TA`MINOT ZANJIRI BARQARORLIGINI BOSHQARISHNING ZAMONAVIY MEXANIZMLARI
收藏资源简介:
Annotatsiya. Mazkur tezisda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashda ta'minot zanjiri (Supply Chain) barqarorligini boshqarishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilingan. So'nggi yillarda pandemiyalar, iqlim o'zgarishi, geosiyosiy ziddiyatlar va xalqaro logistika tizimidagi uzilishlar oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, tashish va iste'molchiga yetkazib berish jarayoniga sezilarli ta'sir ko'rsatmoqda. Tadqiqotning maqsadi oziq-ovqat ta'minoti zanjirida yuzaga keladigan asosiy xavflarni aniqlash, ularni boshqarishning zamonaviy mexanizmlarini tahlil qilish hamda ta'minot zanjiri barqarorligini oshirish bo'yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotda tizimli tahlil, qiyosiy tahlil, ilmiy adabiyotlarni o'rganish va risk-menejment yondashuvlaridan foydalanildi. Natijalar shuni ko'rsatadiki, ta'minot zanjirining barqarorligi logistika infratuzilmasini rivojlantirish, strategik zaxiralarni shakllantirish, yetkazib beruvchilarni diversifikatsiya qilish, raqamli monitoring tizimlarini joriy etish va davlat–xususiy sektor hamkorligini kuchaytirish orqali sezilarli darajada oshirilishi mumkin.



