遇见数据集

TAKRORLANUVCHI SPONTAN PNEVMOTORAKSDA VIDEOASSISTE TORAKOSKOPIK VA OCHIQ JARROHLIK METODLARINING KLINIK NATIJALARI VA SAMARADORLIGI

收藏
Zenodo2026-02-03 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Takrorlanuvchi spontan pnevmotoraks (TSP) bemorlar orasida yuqori takrorlanish xavfi va respirator asoratlar bilan bog‘liq klinik muammo hisoblanadi. An’anaviy davolash usullari orasida ochiq torakotomiya uzoq muddatli takrorlanishni kamaytirish imkonini beradi, ammo invazivligi va postoperativ og‘riq yuqori. Oxirgi uch o‘n yillikda videoassiste torakoskopik jarrohlik (VATS) minimal invaziv usul sifatida rivojlanib, operatsiya davomiyligi, qon yo‘qotish, postoperativ og‘riq va kasalxonada qolish vaqtini sezilarli kamaytirishi bilan ajralib turadi. Ushbu tadqiqotda 214 TSP bemorlar tahlil qilindi: 132 tasi VATS, 82 tasi ochiq torakotomiya guruhiga kiritildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, VATS usuli postoperativ tiklanish va bemor qulayligi bo‘yicha ustunlikka ega, uzoq muddatli takrorlanish darajasi esa ochiq jarrohlik bilan deyarli teng. Tadqiqot VATSni TSPda birinchi qatorli jarrohlik yondashuvi sifatida qo‘llashni qo‘llab-quvvatlaydi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-02-03
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务