ONKOLOGIK BEMORLARDA KIMYOTERAPIYA BILAN BOGʻLIQ KOʻNGIL AYNISHI VA QUSISH PROFILAKTIKASIDA ZAMONAVIY ANTIEMETIK TERAPIYANING OʻRNI
收藏资源简介:
Annotatsiya. Kimyoterapiya bilan bogʻliq koʻngil aynishi va qusish (Chemotherapy-Induced Nausea and Vomiting – CINV) onkologik bemorlarda eng koʻp uchraydigan nojoʻya ta'sirlardan biri boʻlib, davolash samaradorligi va bemorlarning hayot sifatiga salbiy ta'sir koʻrsatadi. Zamonaviy antiemetik terapiya xalqaro klinik tavsiyalar asosida kimyoterapiyaning emetogenlik darajasi hamda bemorning individual xavf omillarini hisobga olgan holda tanlanadi. Maqolada CINV profilaktikasida qoʻllanilayotgan 5-HT3 retseptor antagonistlari, NK1 retseptor antagonistlari, deksametazon va olanzapinning klinik ahamiyati tahlil qilindi. Zamonaviy kombinatsiyalangan antiemetik sxemalar oʻtkir va kechikkan koʻngil aynishi hamda qusish holatlarini sezilarli kamaytirishi, bemorlarning kimyoterapiyani toʻliq qabul qilishiga va hayot sifatini yaxshilashga xizmat qilishi aniqlandi.



