遇见数据集

BO'LAJAK MUTAXASSISLARNING MEDIAKOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI TA'LIM MUHITINING DIDAKTIK IMKONIYATLARI

收藏
Zenodo2026-04-01 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqolada bo‘lajak mutaxassislarning mediakompetentligini rivojlantirishda raqamli ta’lim muhitining didaktik imkoniyatlari nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Zamonaviy axborotlashgan jamiyat sharoitida mediakompetentlik shaxsning axborotni izlash, tanlash, tahlil qilish, baholash, undan ongli foydalanish, turli media resurslar bilan samarali muloqotga kirishish hamda media mahsulotlar yaratish bilan bog‘liq ko‘nikmalar majmuasi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Maqolada raqamli ta’lim muhitining interaktivlik, moslashuvchanlik, individuallashtirish, vizuallashtirish, tezkor teskari aloqa, multimediaviylik va kommunikativlik kabi didaktik imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, oliy ta’lim jarayonida bo‘lajak mutaxassislarning tanqidiy fikrlashi, axborot madaniyati, media savodxonligi va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda raqamli platformalar, elektron resurslar, virtual ta’lim vositalari hamda masofaviy ta’lim texnologiyalarining o‘rni asoslab berilgan. Tadqiqot natijasida mediakompetentlikni shakllantirishda raqamli ta’lim muhiti nafaqat texnologik vosita, balki didaktik va metodik imkoniyatlarga ega bo‘lgan integrallashgan pedagogik makon ekani xulosa qilinadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-04-01
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务