ИССЛЕДОВАНИЕ ОСНОВНЫХ ХАРАКТЕРИСТИК И ПАРАМЕТРОВ НАСОСНЫХ СТАНЦИЙ, ОПРЕДЕЛЯЮЩИХ ЭНЕРГО- И РЕСУРСОСБЕРЕГАЮЩИЕ РЕЖИМЫ ИХ ФУНКЦИОНИРОВАНИЯ
收藏资源简介:
Maqolada nasos stansiyalari boshqaruv hamda energiya tejamkorligi nuqtai nazaridan muhim obyekt sifatida ko‘rib chiqilgan. Suv ko‘tarish nasos stansiyalarining energiya tejovchi rejimlarini shakllantirishga xizmat qiluvchi ish jarayonlarini aniqlash usullari tahlil qilingan. Meliorativ nasos stansiyalarida qo‘llaniladigan nasos agregatlari suvni ko‘tarish mashinalari orasida eng yirik va elektr energiyasini eng ko‘p iste’mol qiluvchi uskunalardan hisoblanadi. Shu sababli, ularning energiya tejamkor ish rejimlarini ta’minlash dolzarb vazifalardan biri bo‘lib, sug‘orish tizimlarining texnologik jarayonlarini amalga oshirish davomida respublika miqyosida elektr energiyasi sarfini sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi. Elektr energiyasiga bo‘lgan talabning muntazam ortib borishi yangi energetika obyektlarini ishga tushirishni taqozo etadi. Biroq bunday obyektlarni qurish katta hajmdagi kapital mablag‘larni talab qiladi. Shu bois respublikamizda, shuningdek, rivojlangan xorijiy mamlakatlarda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida energiya tejovchi texnologiyalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, elektr energiyasidan oqilona foydalanish hamda energiya samaradorligini oshirish ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.



