遇见数据集

3D SKANERLASH VA CAD/CAM TEXNOLOGIYALARI STOMATOLOGIYADA

收藏
Zenodo2026-02-22 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Zamonaviy stomatologiyada 3D skanerlash va CAD/CAM texnologiyalari bemorlar uchun yuqori sifatli va tezkor davolash imkoniyatlarini yaratadi. 3D skanerlash usullari, jumladan intraoral va laboratoriya skanerlar, bemorning og‘iz bo‘shlig‘ining aniq uch o‘lchamli modelini hosil qiladi. Ushbu raqamli modellardan foydalanib, CAD dasturlari orqali tish protezlari, koronkalar, inlay va onlaylar dizayni yaratiladi. Keyinchalik CAM texnologiyalari yordamida ishlab chiqarish jarayoni avtomatlashtiriladi, bu esa inson omilidan kelib chiqadigan xatoliklarni kamaytiradi va protezlarning sifatini oshiradi. Ushbu texnologiyalar stomatologiyada aniq o‘lcham va moslashuvchanlikni ta’minlaydi, davolash vaqtini qisqartiradi va bemorlarning qulayligini oshiradi. Shuningdek, CAD/CAM tizimi stomatologik laboratoriyalar va klinikalar o‘rtasidagi ish jarayonlarini soddalashtiradi, materiallardan samarali foydalanishni ta’minlaydi va individual yondashuvni kuchaytiradi. Shu bilan birga, raqamli stomatologiya rivojlanishi stomatologik mutaxassislar malakasini oshirish va yangi texnologiyalarni joriy etish zaruratini keltirib chiqaradi. Integratsiya qilingan 3D skanerlash va CAD/CAM texnologiyalari stomatologiyada yuqori sifatli, aniq va tezkor xizmat ko‘rsatishni kafolatlaydi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-02-22
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务