JAMOAVIY SPORT TURLARIDA SAMARALI LIDERLIK VA JAMOA MUVAFFAQIYATI O'RTASIDAGI BOG'LIQLIK
收藏资源简介:
Mazkur maqolada jamoaviy sport turlarida samarali liderlikning jamoa muvaffaqiyatiga ta’siri ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Zamonaviy sportda yuqori natijalarga erishish nafaqat sportchilarning individual mahorati, balki jamoa ichidagi o‘zaro munosabatlar, liderlik sifati, motivatsiya va hamkorlik darajasiga ham bog‘liqdir. Tadqiqotda liderlik tushunchasining sport jamoalaridagi o‘rni, murabbiy va jamoa sardorining boshqaruv faoliyati, psixologik muhitni shakllantirishdagi ahamiyati hamda jamoaviy muvaffaqiyat omillari yoritilgan. Shuningdek, transformatsion liderlik, demokratik boshqaruv va sport psixologiyasi yondashuvlari asosida samarali liderlik mexanizmlari tahlil qilingan. Maqola natijalari sport jamoalarida liderlik kompetensiyalarini rivojlantirish yuqori natijadorlik, jamoaviy birdamlik va barqaror sport muvaffaqiyatiga xizmat qilishini ko‘rsatadi.



