TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN KICHIK BIZNES SUBYEKTLARINI KREDITLASH: HOLATI, MUAMMOLARI VA RIVOJLANTIRISH YO'NALISHLARI
收藏资源简介:
Maqolada O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini kreditlashning nazariy-uslubiy asoslari, amaldagi holati va rivojlanish tendensiyalari tahlil qilingan. So‘nggi besh yillik davr (2021–2025) statistik ma’lumotlari asosida kichik biznesni kreditlash portfelining dinamikasi, tarmoq va bank kesimidagi tuzilishi, muammoli kreditlar darajasi tahliliy va solishtirma jadvallar yordamida yoritilgan. Tadqiqot natijasida kichik biznes subyektlarining bank kreditlariga bo‘lgan real ehtiyoji bilan ularning amalda ololgan kredit resurslari o‘rtasidagi tafovutni keltirib chiqaruvchi asosiy omillar aniqlangan hamda kredit kafolat mexanizmlarini takomillashtirish, raqamli kreditlash tizimlarini joriy etish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqilgan.



