VITAMIN D VA SUYAK TO'QIMASI MINERAL ZICHLIGINING KLIMATERIK SINDROMI RIVOJLANISHIDAGI O'RNI
收藏资源简介:
Tibbiyotda eng ko‘p o‘rganilgan tadqiqot yo’nalishlaridan biri bu menopauzaning asosida yotuvchi fiziologik jarayonlar hisoblanadi. Klimakteriy - bu ayollar hayotidagi tabiiy fiziologik bosqich bo‘lib, bu davrda tanadagi umumiy yoshga bog‘liq o‘zgarishlar bilan bir qatorda reproduktiv tizimda involyusion jarayonlar sodir bo‘ladi. Bu davr reproduktiv funksiyaning bosqichma-bosqich so‘nishi, keyinchalik esa menstrual faoliyatning to‘xtatishi bilan tavsiflanadi. Premenopauzal davrdagi ayollarning salomatlik holati bundan oldingi davrga nisbatan va zamonaviy turmush sharoitlari bilan bog‘liq ravishda sezilarli darajada o‘zgaradi. Ko‘pgina tadqiqotlar shuni tasdiqlaydiki, D vitamini keng ko‘lamli ta’sirga ega bo‘lgan ko‘p qirrali bioregulyatordir. Bu esa D vitamini yetishmovchiligini o‘z vaqtida tuzatish muhimligini ko‘rsatadi va undan foydalanishning keng imkoniyatlarini ochib beradi. So‘nggi yillarda menopauzaning patologik kechish holatlari ko‘p uchramoqda va umumiy populyatsiyadagi ayollarning taxminan yarmini o‘z ichiga olmoqda



