DAVLAT XARIDLARINING SHAFFOFLIGINI TA'MINLASH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
收藏资源简介:
Mazkur ilmiy maqolada davlat xaridlarida shaffoflikni ta’minlashning nazariy va amaliy jihatlari kompleks tarzda o‘rganilgan. Xususan, davlat xaridlari tizimining iqtisodiy samaradorlikka ta’siri, undagi korrupsion xavflar, manfaatlar to‘qnashuvi hamda moliyaviy nazoratning ahamiyati tahlil qilingan.Tadqiqot davomida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, xususan elektron tender platformalari, ochiq ma’lumotlar bazasi va blokcheyn texnologiyalarining qo‘llanilishi orqali shaffoflikni oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Xalqaro tajribalar bilan solishtirma tahlil asosida davlat xaridlarida ochiqlikni ta’minlash, korrupsion xavflarni kamaytirish va byudjet mablag‘laridan samarali foydalanishni ta’minlashga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.



