ZAMONAVIY GLOBAL TAHDIDLAR SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI BOSHQARISHNING STRATEGIK YONDASHUVLARI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada zamonaviy global tahdidlar sharoitida oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashning strategik boshqaruv mexanizmlari tahlil qilingan. Pandemiyalar, iqlim o'zgarishi, geosiyosiy nizolar hamda logistika tizimidagi uzilishlarning oziq-ovqat ta'minoti barqarorligiga ta'siri ilmiy jihatdan yoritilgan. Tadqiqot davomida strategik menejment, risklarni boshqarish, ta'minot zanjiri barqarorligi va raqamli texnologiyalarni joriy etishning oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashdagi o'rni baholangan. Shuningdek, davlat boshqaruvi, xususiy sektor va ilmiy muassasalar o'rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan integratsiyalashgan strategik boshqaruv modeli taklif etilgan. Tadqiqot natijalari oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash bo'yicha samarali boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishda amaliy ahamiyat kasb etadi.



