OLIY TA'LIM TIZIMIDA TA'LIM-TARBIYA JARAYONLARINI AKSIOLOGIK MODERNIZATSIYALASHNING PSIXOLOGIK MEXANIZMLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada globallashuv, raqamli transformatsiya va zamonaviy ijtimoiy-madaniy o‘zgarishlar sharoitida oliy ta’lim tizimida ta’lim-tarbiya jarayonlarini aksiologik modernizatsiyalashning psixologik mexanizmlari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida yoshlar ongidagi qadriyatlar transformatsiyasi, identifikatsion ziddiyatlar, motivatsion inqirozlar va ma’naviy-psixologik muammolar zamonaviy pedagogik hamda psixologik yondashuvlar asosida o‘rganildi. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida talabaning shaxs sifatida shakllanishida emotsional intellekt, psixologik adaptatsiya, reflektiv tafakkur va ijtimoiy mas’uliyat kabi omillarning o‘rni ilmiy jihatdan asoslandi. Maqolada aksiologik modernizatsiya jarayonining nafaqat ta’lim mazmuni, balki pedagogik kommunikatsiya, talaba shaxsining ichki motivatsiyasi va raqamli madaniyat bilan bog‘liq psixologik holatlarga ham bevosita ta’sir qilishi ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijalari oliy ta’lim tizimida qadriyatga yo‘naltirilgan ta’lim modelini rivojlantirish, yoshlarning ma’naviy-psixologik barqarorligini mustahkamlash va innovatsion pedagogik mexanizmlarni joriy etishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.



