遇见数据集

12–14 YOSHLI FUTBOLCHILARDA EGILUVCHANLIKNI RIVOJLANTIRISHDA "ILON VA CHIGIRTKALAR" HAMDA "EGILUVCHAN ZANJIR" HARAKATLI O'YINLARINING METODIK AHAMIYATI

收藏
Zenodo2026-05-20 更新2026-06-05 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada 12–14 yoshli futbolchilarda egiluvchanlikni rivojlantirishda harakatli o‘yinlardan foydalanishning pedagogik samaradorligi tahlil qilingan. Tadqiqotda 24 nafar yosh futbolchi ishtirok etib, ular tajriba va nazorat guruhlariga ajratildi. Tajriba guruhi mashg‘ulotlariga 6 oy davomida haftasiga 3 marta egiluvchanlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan “Ilon va chigirtkalar” hamda “Egiluvchan zanjir” harakatli o‘yinlari kiritildi. Egiluvchanlik darajasi “o‘tirgan holda oldinga egilish”, “ko‘prik holatida bel yoyining maksimal balandligi” va “yon bo‘linishda yerdan masofa” testlari orqali baholandi. Tadqiqot natijalari tajriba guruhida egiluvchanlik ko‘rsatkichlari nazorat guruhiga nisbatan yuqoriroq ijobiy dinamikaga ega bo‘lganini ko‘rsatdi. Xususan, o‘tirgan holda oldinga egilish testi, ko‘prik holatida bel yoyining maksimal balandligi hamda yon bo‘linish ko‘rsatkichlarida ijobiy o‘zgarishlar qayd etildi. Olingan natijalar 12–14 yoshli futbolchilar jismoniy tayyorgarligida harakatli o‘yinlardan maqsadli va metodik jihatdan to‘g‘ri foydalanish egiluvchanlikni rivojlantirishda samarali pedagogik vosita bo‘lishi mumkinligini asoslaydi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-20
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务