MAKTABGACHA TA'LIM YO'NALISHI TALABALARINING KASBIY KOMPETENSIYALARINI INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY-PEDAGOGIK ASOSLARI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalarining kasbiy kompetensiyalarini innovatsion yondashuv asosida rivojlantirishning nazariy-pedagogik asoslari tahlil qilinadi. Kasbiy kompetensiya tushunchasining mazmuni, uning tarkibiy jihatlari, an’anaviy pedagogik yondashuvlardan innovatsion ta’limga o‘tishning nazariy asoslari hamda bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda pedagogik shart-sharoitlarning ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, innovatsion ta’lim texnologiyalari, raqamli ta’lim muhiti, muammoli va kreativ topshiriqlarni kasbiy tayyorgarlik bilan uyg‘unlashtirish imkoniyatlari asoslanadi. Maqolada kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga doir yaxlit pedagogik modelni shakllantirish uchun nazariy-metodologik yo‘nalishlar va amaliy tavsiyalar taklif etiladi.



