遇见数据集

ELEKTRON BIZNES VA MOBILE TIJORAT

收藏
Zenodo2026-06-10 更新2026-06-12 收录
官方服务:

资源简介:

ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada elektron biznes va mobil tijoratning zamonaviy iqtisodiyotdagi o‘rni, rivojlanish tendensiyalari hamda ularning iqtisodiy faoliyat samaradorligiga ta’siri tahlil qilinadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi natijasida elektron biznes va mobil tijorat iqtisodiy munosabatlarning muhim tarkibiy qismiga aylanib bormoqda. Elektron biznes korxonalar faoliyatini raqamlashtirish, xarajatlarni kamaytirish va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish imkonini bersa, mobil tijorat mobil qurilmalar orqali savdo operatsiyalarini amalga oshirishning qulay va tezkor usuli sifatida keng tarqalmoqda. Maqolada elektron biznes va mobil tijoratning asosiy shakllari, afzalliklari, iqtisodiy samaradorligi hamda ularni joriy etish jarayonida yuzaga keladigan muammolar yoritilgan. Shuningdek, elektron to‘lov tizimlari, mobil ilovalar, internet marketing va raqamli platformalarning elektron tijorat rivojlanishidagi ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari elektron biznes va mobil tijorat zamonaviy iqtisodiyotni rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va iste’molchilarga qulay xizmatlar ko‘rsatishda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-06-10
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务